AsosiyJamiyat

Davlat fuqarolik xizmati tizimi monitoring qilinadi

'Davlat fuqarolik xizmati tizimi monitoring qilinadi'ning rasmi

Belgilangan tartibga ko`ra, “Davlat fuqarolik xizmati sohasida monitoring o`tkazish tartibi to`g`risida”gi Nizom loyihasi  muhokama uchun portalga  qo`yildi.

Mazkur Nizom “Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga asosan ishlab chiqildi.  Nizom davlat fuqarolik xizmati tizimida "Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida"gi qonunga rioya etilishini ta`minlash maqsadida monitoring o`tkazish tartibini belgilaydi. 

Nizom bilan rejali monitoring Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlangan Ish reja asosida o`tkazilishi belgilanmoqda. 

Rejadan tashqari monitoring esa: 

- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining topshiriqlari;

- davlat fuqarolik xizmatchilari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

- davlat organi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar va tahliliy ma`lumotlar natijalari; 

- ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali davlat fuqarolik xizmati sohasidagi qonunbuzilishlar sodir etilayotganligi yoki sohaga oid qonunchilik ijrosi ta`minlanmayotganligi to`g`risida berilgan axborotlar;

- davlat organida o`tkazilgan monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilmasligi kabi asoslar mavjud bo`lganda o`tkazilishi belgilanmoqda.

Loyihada monitoringni tashkil qilish va o`tkazish tartibi, monitoring ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari, monitoring natijalarini rasmiylashtirish, ta`sir choralarini qo`llash, o`tkazilgan monitoring natijalari yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga tahliliy ma`lumotlar kiritib borilishi bilan bog`liq munosabatlar tartibga solinmoqda.

    Boshqa yangiliklar