- ❗️Tadqiqot: Dunyoda "omikron"ning turli mutasiyalari dominant versiyalarga aylandi
Bugun jahonda koronavirusning qanday shtammlari dominant versiyaga aylanyapti? Yangi subvariantlarning tarqalish geografiyasi qanday?
Xalqaro sog`liqni saqlash tuzilmalari bu borada maxsus tadqiqot o`tkazdi. Unda molekulyar-genetik biologiyaning 219 ta usuli yordamida dunyoning turli mintaqalaridan olingan 16 ta tahlil namunasi tekshirildi.
Yakunda tadqiq etilgan barcha natijalar “omikron” variantiga taalluqli ekanligi tasdiqlandi. Xususan, ettita holat BA.5.2 mutasiyasi namunasi bo`lib, u AQShda 18 foiz, Buyuk Britaniyada 13 foiz tarqalgani taxmin qilinmoqda.
Yana uchta namuna esa “omikron”ning BA.5.2.1 kichik shtammiga tegishli bo`lib chiqdi. U AQShda aniqlanayotgan jami koronavirus mutasiyalarining 39 foiziga teng. Qolgan boshqa holatlar BA.2, BF.5, BF.7, BA.5.1, BA.4.6 modifikasiyalari ekanligi aniqlandi.
❗️Ayni paytda mutaxassislar aholiga buster dozada vaksina olishni tavsiya etmoqda. Ularning ta`kidlashicha, emlanish koronavirusdan himoyalanishning yagona xavfsiz va samarali chorasidir.
Sog`liqni saqlash vazirligi
Matubuot xizmati.
20.09.2022 10:30
Dunyoda "omikron"ning turli mutasiyalari dominant versiyalarga aylandi






