AsosiyJamiyat

Sardoba suv ombori ishi bo`yicha aybdorlarga sud hukmi o`qildi

'Sardoba suv ombori ishi bo`yicha aybdorlarga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Sardoba suv omborini loyihalashtirish va qurilishiga mas`ul bo`lgan shaxslarga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi. Ularning ayrimlari 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati ma`lum qildi. 

Ta`kidlanishicha, 2022 yil 12 sentyabr kuni Toshkent shahar sudida 29 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga etib, sud hukmi e`lon qilindi.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 28,167, 209, 28,209, 243 va 258 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra sudlanuvchilarning  

  •  1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog`liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi,  
  •  1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog`liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 550 baravari miqdorida jarima jazolari,  
  •  1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog`liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida jarima jazolari,  
  •  1 nafariga 3 yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida jarima jazolari  
  •  2 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog`liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash va bazaviy hisoblash miqdorining 550 baravari miqdorida jarima jazolari,  
  •  23 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog`liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 400 dan 550 gacha baravari miqdorida jarima jazolari tayinlandi.  

Ushbu hukm ustidan apellyasiya shikoyati va protestlari hukm e`lon qilingan kundan e`tiboran yigirma sutka ichida, mahkumlar va fuqaroviy da`vogarlar esa hukmning ko`chirma nusxasi topshirilgan kundan e`tiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudi orqali Oliy sudga berilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar