Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog`an Rossiya etakchisi Vladimir Putin Ukrainadagi inqirozni imkon qadar tezroq tugatish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda RT sayti PBS telekanaliga tayanib xabar bermoqda.
U O`zbekistonda Putin bilan keng ko`lamli suhbat o`tkazganini ta`kidlagan.
“U menga buni imkon qadar tezroq tugatish niyatida ekanligini bildirdi”, — deya Erdog`an so`zlarini keltirgan PBS telekanali.
Turkiya OAVlari Rajab Toyyib Erdog`an Samarqanddagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yana bir bor prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o`tkazishni taklif qilishini ma`lum qilishgan edi.






