AsosiyJamiyat

Shifokorlarga qo`shimcha ustama to`lanadigan olis va chekka hududlar ro`yxati tasdiqlandi

'Shifokorlarga qo`shimcha ustama to`lanadigan olis va chekka hududlar ro`yxati tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori (510-son, 19.09.2022 y.) bilan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo`shimcha har oylik ustama to`lanadigan olis va chekka hududlar (297 ta) ro`yxati tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Eslatib o`tamiz, olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi doirasida:

olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo`shimcha 2 million so`m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln so`mdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar