AsosiyJamiyat

20 yoshgacha farzandli bo`lgan ayollar soni O`zbekistonning qaysi hududida eng ko`pligi ma`lum qilindi

'20 yoshgacha farzandli bo`lgan ayollar soni O`zbekistonning qaysi hududida eng ko`pligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi O`zbekistonda 20 va undan kichik yoshda farzandli bo`lgan ayollar sonini e`lon qildi. 

Unga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston Respublikasida 20 va undan kichik yoshda farzandli bo`lgan ayollar soni 46 173 nafarni tashkil etgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan 20 va undan kichik yoshda birinchi marta farzandli bo`lgan ayollar soni quyidagicha:

•  Qoraqalpog`iston R. – 1 403 nafar

•  Andijon viloyati – 4 941 nafar

•  Buxoro viloyati – 2 070 nafar

•  Jizzax viloyati – 1 608 nafar

•  Qashqadaryo viloyati – 4 323 nafar

•  Navoiy viloyati – 990 nafar

•  Namangan viloyati – 4 647 nafar

•  Samarqand viloyati – 7 282 nafar

•  Surxondaryo viloyati – 3 702 nafar

•  Sirdaryo viloyati – 1 010 nafar

•  Toshkent viloyati – 3 387 nafar

•  Farg`ona viloyati – 6 307 nafar

•  Xorazm viloyati – 1 289 nafar

•  Toshkent shahri – 3 214 nafarni tashkil etadi. 

    Boshqa yangiliklar