Davlat soliq qo`mitasining xabar berishicha, 1 sentyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda 162 mingdan ortiq qo`shilgan qiymat solig`i (QQS) to`lovchilar mavjud.
3 yil ichida ularning soni ikki barobar, 2016-yildan buyon esa deyarli 20 barobar oshdi.
Mutaxassislar bu o`sishni, birinchi navbatda, soliq yukini adolatli taqsimlash va kamaytirish bilan izohlamoqda.
Eslatma:
QQS stavkasi 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab 20 foizdan 15 foizga tushirilgan edi.
Davlat rahbari 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan bo`lib o`tgan ochiq muloqotda 2023 yil 1 yanvardan QQS stavkasi 12 foizga tushirilishini ma`lum qilingan edi.
Ma`lumot o`rnida:
2022 yilda 19,6 ming soliq to`lovchi QQS to`lashga o`tdi:
- ularning yarmidan ko`pi - ixtiyoriy ravishda;
- soliq majburiyati vujudga kelgan paytdan boshlab 9,4 ming soliq to`lovchi avtomatik tarzda QQS to`lovchi sifatida ro`yxatga olindi.
2022 yilda QQS to`lovchilar eng ko`p ro`yxatga olingan TOP-5 ta hudud:
- Toshkent shahri - 5,3 ming;
- Toshkent viloyati - 1,9 ming;
- Samarqand viloyati - 1,7 ming;
- Farg`ona viloyati - 1,5 ming;
- Buxoro viloyati - 1,3 ming.






