AsosiyJamiyat

Xakerlar O`zbekistondagi yana bir bankning pullarini echib oldi

'Xakerlar O`zbekistondagi yana bir bankning pullarini echib oldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda “Asakabank” AJ hisob raqamidan 700 ming dollar o`g`irlangani haqida ma`lumotlar tarqaldi. 

Bank holatga rasmiy izoh berib, ushbu hodisa mijozlarining jamg`armalariga ta`sir qilmasligini va ularning mablag`lari to`liq xavfsiz ekanligini ma`lum qildi.

“Bugungi kunda “Asakabank” AJ axborot tizimlariga amalga oshirilgan kiberxujumlar aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, aniqlangan barcha huquqbuzarlik holatlari bo`yicha materiallar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yo`naltirilgan.

Eslatib o`tamiz, sal avval  InFinBank ham bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar hujumiga uchragan edi.

    Boshqa yangiliklar