AsosiyDunyo

Tayvanda yana bir kuchli zilzila yuz berdi

'Tayvanda yana bir kuchli zilzila yuz berdi'ning rasmi

Bugun, 19 sentyabr kuni Tayvanda 5,9 magnitudali yana bir kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Tayvan seysmologik xizmatining qayd etishicha, er silkinishi mahalliy vaqti bilan soat 10:07 da sodir bo`lgan.

Zilzila episentri orolning sharqiy sohilidagi Xualyan shahridan 69 kilometr janubi-g`arbda joylashgan. Silkinish o`chog`i 13,4 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Tayvan ma`muriyati bosh ijrochi rahbari Say Inven  favqulodda vaziyatlar xizmatlarini yangi silkinishlar xavfi oldida hushyor turishga chaqirdi.

Eslatib o`tamiz, kecha, 18 sentyabr kuni Tayvanning aholi kam yashaydigan janubi-sharqiy qismida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar