AsosiyJamiyat

"Samarqand — Yangi O`zbekistonning turizm darvozasi" targ`ibot kampaniyasi o`tkaziladi

'"Samarqand — Yangi O`zbekistonning turizm darvozasi" targ`ibot kampaniyasi o`tkaziladi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari soha oldida turgan yana 6 ta katta masala echimi bo`yicha navbatdagi vazifalarni belgilab bermoqda. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar bermoqda. 

"O`tgan hafta Samarqandda yangi barpo etilgan Turistik markazda yirik xalqaro tarixiy tadbir — Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitini yuqori saviyada o`tkazdik.

Bunda xalqimiz, davlatimiz yuksak madaniyati va bunyodkorlik salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga O`zbekiston raisligi va Samarqand sammiti doirasidagi keng ko`lamli ishlarimiz va tashabbuslarimizga xalqaro tashkilotlar, ishtirokchi davlatlar rahbarlari yuqori baho bergani barchamizga g`urur bag`ishlaydi.

 Samarqandda barpo etilgan yangi aeroport, 8 ta mehmonxona, kongress-xoll, park, boshqa ko`ngilochar va dam olish majmualari — mamlakatimiz tarixida yangi turizm darvozasi va Yangi O`zbekistonning "tashrif qog`ozi"ga aylanishiga aminman», — dedi Prezident.

Endi ularni ham o`zimizning aholi, ham xorijiy sayyohlar uchun ishlatishimiz kerakligi ta`kidlandi.  

Shu bois Tashqi ishlar vazirligiga:

  • "Samarqand — Yangi O`zbekistonning turizm darvozasi» targ`ibot kampaniyasini o`tkazish;
  • Samarqandga sayohlar oqimini oshirish bo`yicha «yo`l xaritasi»ni tasdiqlash topshirildi.

Elchixonalar oldiga xorijiy mamlakatlarda targ`ibot kampaniyasi, xorijiy ommaviy axborot vositalari, mashhur turistik blogerlar uchun press-turlar tashkil etish vazifasi qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar