AsosiyJamiyat

Har bir viloyat hokimiga ichki va chetdan turist jalb qilish bo`yicha o`zining “turistik halqasi”ni tashkil etish bo`yicha loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Eng yaxshi loyihalarga tanlov asosida 20 million dollargacha kredit ajratiladi

'Har bir viloyat hokimiga ichki va chetdan turist jalb qilish bo`yicha o`zining “turistik halqasi”ni tashkil etish bo`yicha loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Eng yaxshi loyihalarga tanlov asosida 20 million dollargacha kredit ajratiladi'ning rasmi

Prezident  yig`ilishda hamma viloyat, shahar va tumanlarda sayyohlar boradigan joylarni ko`paytirish kerakligi qayd etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Har bir hokim o`ziga shunday savolni bersin: “mening viloyatim, shahar va tumanimga sayyohlar qaerga va nimani ko`rishga keladi?” Qaysi hokim shu savolga to`g`ri javob topib, turizm dasturlarini qilsa, albatta o`zgarish bo`ladi", dedi Prezident.

 Har bir viloyat hokimiga ichki va chetdan turist jalb qilish bo`yicha o`zining “turistik halqasi”ni tashkil etish bo`yicha loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Eng yaxshi loyihalarga tanlov asosida 20 million dollargacha kredit ajratiladi.

Markaziy bankka 1 trillion so`mlik kredit resurslarini ajratish, yil yakuniga qadar yana qo`shimcha 100 million dollar xorijiy kredit liniyalari jalb qilish topshirig`i berilgan bo`lsada, bu mablag`lar hali tadbirkorlarga etib bormagani tanqid qilindi.

Agar 1 trillion so`m mablag`lar tijorat banklariga joylashtirilmasa, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovga nisbatan qat`iy choralar ko`rilishi ta`kidlandi.

1 noyabrgacha turizm xizmatlari uchun 100 million dollarlik kredit liniyasini ochish, yil yakuniga qadar kelgusi yil uchun yana qo`shimcha 100 million dollar jalb qilish topshirildi.

Shuningdek, mutasaddilarga:

- barcha suv omborlari, o`rmon xo`jaligi erlarini o`rganib, ularda turistik zonalar tashkil etish bo`yicha dastur ishlab chiqish;

- bojxona-chegara punktlaridan tezkor o`tkazish xizmatini yo`lga qo`yish, turistik axborot markazlarini ishga tushirish bo`yicha taklif kiritish;

Qoraqalpog`iston, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Farg`ona va Xorazmning cho`l hududlarida “safari” turizmini rivojlantirish maqsadida yo`l tanlamas transportlar uchun import to`lovlarini tushirish taklifini kiritish topshirildi.
 

    Boshqa yangiliklar