AsosiyJamiyat

Endi transport vaziri Mahkamov ham uyg`onadigan vaqt keldi — Shavkat Mirziyoev

'Endi transport vaziri Mahkamov ham uyg`onadigan vaqt keldi — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Shavkat  Mirziyoev raisligidagi yig`ilish davom etmoqda

Transport vazirligiga:

- barcha davlatlarning aviasiyaga mas`ul idoralariga Samarqand aeroportida xorijiy aviakompaniyalar reyslari va yo`nalishlariga bo`lgan barcha cheklovlar olib tashlanganini etkazish;

- xorijiy aviakompaniyalar bilan kelishuvga erishib, Samarqandga Evropa, Osiyo, Amerika, Arab davlatlari hamda qo`shni mamlakatlardan kuniga kamida 10 ta xalqaro reyslarni yo`lga qo`yish;

- vodiy, Nukus, Urganch va Termizdan har kuni kamida 1 ta aviaqatnovni yo`lga qo`yish topshirildi.

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Samarqandda bir yillik xalqaro uchrashuvlar va anjumanlarni o`tkazish dasturini tasdiqlash topshirig`i berildi.

Umuman, besh kun muddatda Samarqanddagi yangi majmualarni ishlatish, buning uchun qo`shimcha imtiyoz va engilliklar berish bo`yicha alohida qaror loyihasini ishlab chiqish zarurligi ko`rsatib o`tildi.


 

    Boshqa yangiliklar