AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining 2022 yil 18 sentyabr kuni Armanistonga tashrifi chog`idagi bayonotiga Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o`z munosabatini bildirdi.
"N.Pelosining Ozarbayjonga nisbatan asossiz va adolatciz ayblovlari qabul qilinishi mumkin emas”, deyiladi Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Munosabatda aytilishicha, joriy yilning 12 sentyabrdan 13 sentyabrga o`tar kechasi delimitasiyalangan shartli chegarada sodir bo`lgan voqea Armaniston tomonidan Ozarbayjonga qarshi keng ko`lamli harbiy provokasiya bo`lib, Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan bu provokasiyaning oldi olingan va mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligi ta`minlangan.
“Hozirgi vaqtda o`t ochishni to`xtatish rejimi ta`minlanib, vaziyat barqarorlashtirilgan. Mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi va keng ko`lamli provokasiya uchun barcha mas`uliyat Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyatiga yuklanadi.
Umuman olganda, N. Pelosi armanparast siyosatchi sifatida tanilgan va uning delegasiyasi tarkibida armanparast Kongress a`zolarining borligi ham buni bevosita ko`rsatib turibdi. “AQShda Kongressga oraliq saylovlar davri kelayotganini inobatga olsak, N.Pelosi bu tashrifdan AQShdagi arman lobbi doiralarining qo`llab-quvvatlashi va o`zining ichki siyosiy dasturidan foydalanish uchun foydalanayotganga o`xshaydi", – deyiladi Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
AQShning ichki siyosiy kun tartibidagi intrigalar va lobbichilik manfaatlarini Armaniston orqali Janubiy Kavkaz mintaqasiga o`tkazish qabul qilinishi mumkin emasligi ta`kidlandi.
“Afsuski, adolat haqida gapirayotgan N.Pelosining Armanistonning Ozarbayjonga qarshi bosqinchilik siyosati, uning hududining qariyb 30 yil davomida bosib olinishi, yuz minglab ozarbayjonlarga nisbatan etnik tozalash va boshqa shu kabi og`ir jinoyatlar yuzasidan maqsadli ravishda hech qanday pozisiya ko`rsatmaganini alohida ta`kidlaymiz. Buning uchun Armaniston javobgar" – deydi Tashqi ishlar vazirligi.
Ta`kidlanishicha, N.Pelosining Armanistonda aytganlari arman propagandasi asosida qilingan bayonot sifatida baholanishi kerak. Bu Armaniston va Ozarbayjon o`rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan sa`y-harakatlarga jiddiy zarba bo`lgan.
"Bunday biryoqlama qadamlar, asossiz bayonotlar mintaqadagi mo`rt tinchlikni mustahkamlashga emas, aksincha keskinlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda", deyiladi TIV munosabatida.






