AsosiyDunyo

Nensi Pelosi Rossiya boshlagan urush tugamaguncha Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi

'Nensi Pelosi Rossiya boshlagan urush tugamaguncha Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi'ning rasmi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Rossiya boshlagan urush tugamaguncha Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda u Berlinda G7 parlamentlari raislarining matbuot anjumanida ma`lum qilindi, deb yozdi “zamon.uz”.

“Buning uchun muhim xavfsizlik yordami, insonparvarlik ko`magi, iqtisodiy yordam va sanksiyalar kerak, buning azobini Rossiya his qilishi darkor”, - dedi u.

Pelosi jangovar harakatlardan so`ng Ukrainani qayta tiklash zarurligini ta`kidladi va buning uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishni taklif qildi.

Avvalroq EI 1 206 nafar rossiyalik va Rossiya Federasiyasining 108 ta muassasasiga nisbatan sanksiyalarni uzaytirgani xabar qilingandi.

Eslatib o`tamiz, Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bilan uchrashuv o`tkazgan va unga Ukrainaning harbiy ehtiyojlari ro`yxatini topshirgan edi.

    Boshqa yangiliklar