Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda maktab va mahalla arig`ida har kuni qonli suv oqayotgani aytilgan video va fotolar tarqaldi.
Holat bo`yicha Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, xabarga asosan Namangan shaxar Ichki ishlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari tomonidan voqea joyi, ya`ni "Yangi Namangan" tumani, "Ishonch" Maxalla fuqarolar yig`ini, G`azina ko`chasi o`rganilganda, shu ko`chada joylashgan kushxonadan chiqqan chiqindi suv kanalizasiya tarmog`idan toshib ko`chadagi ariqga qo`yilayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan xolatni bartaraf etish yuzasidan ishlar tashkillashtirildi.
"Hurmatli fuqarolar murojaat yuzasidan yuqoridagi xolatni to`liq bartaraf etilgandan so`ng, qo`shimcha ma`lumot taqdim etamiz", - deyiladi xabardi.






