O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun va hafta davomida O`zbekiston bo`yicha barqaror harorat fonida quruq va biroz iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda harorat asosan kechalari 13-18°, kunduz kunlari 29-34° atrofida bo`ladi. Bu sentyabr oyining ushbu kunlari uchun o`rtacha ko`p yillik harorat qiymatlaridan biroz yuqoridir.
Faqat respublikaning tog`li hududlarida 21 sentyabr, chorshanba kuni ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.






