19-23 sentyabr kunlari Toshkentda O`zbekiston arbitraj haftaligi (UzAW 2022) bo`lib o`tadi. UzAW 2022 tashkilotchilari: O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshidagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi (TIAC) hamda Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti ko`magida o`tkazilmoqda.
UzAW – bu butun hafta davomida butun dunyodan etakchi ekspertlar, shu jumladan, arbitrlar hamda yuridik, arbitraj va biznes hamjamiyatlari, xususan, GST LLP, Foley Hoag LLP, Allen&Overy, Praelegal kabi xalqaro kompaniya vakillarini birlashtiruvchi bar qator tadbirlar jamlanmasidir.
Arbitraj – bu sud muhokamasidagi nizorlarni hal qilishning muqobil mexanizmi bo`lib, bunda tomonlar nizolarini hal qilish uchun tajriba va ko`nikmaga ega bo`lgan (shu jumladan, texnik, masalan, qurilish bo`yicha nizolar yoki energetika sohasi bilan bog`liq nizolarda) sudyani (arbitr) tanlashlari mumkin. Tomonlar, shuningdek, ish yuritish tilini va amaldagi qonunni tanlashlari mumkin va eng muhimi, arbitraj qarori (sud qaroridan farqli ravishda) 1858 yilda qabul qilingan Nyu-York xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish to`g`risidagi qoidalariga muvofiq O`zbekistondan tashqari 169 ta davlatda nizo bo`yicha yutqazgan tomonning aktivlariga nisbatan ijro etilishi mumkin. Shunisi e`tiborga loyiqki, sud qarorlari uchun bunday xalqaro hujjat mavjud emas. Boshqacha qilib aytganda, tomonlardan biri O`zbekistonda o`z chet ellik kontragentga qarshi sud ishida g`alaba qozongan taqdirda ham, agar bu xorijiy kontragentning O`zbekistonda aktivlari bo`lmasa, O`zbekistondan tashqarida ushbu sud qarorini ijro etish amalda mumkin emas. Shuning uchun arbitraj xorijiy element bilan yoki xorijiy investorlar o`rtasidagi nizolarni hal qilishning afzal usuli hisoblanadi.
UzAW 2022 ning maqsadi ishtirokchilarni nizolarni muqobil hal etishning so`nggi tendensiyalari, shuningdek, O`zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mintaqaning investision jozibadorligini oshirishga qaratilgan rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardorligini oshirishdan iborat. Bundan tashqari, UzAW O`zbekistonni xalqaro arbitraj uchun qulay maydon sifatida targ`ib qilishni maqsad qilib qo`ygan va barcha manfaatdor tomonlar uchun ajoyib tarmoq imkoniyati bo`lib xizmat qiladi.
UzAW doirasidagi tadbirlarda xalqaro, davlat tashkilotlari va boshqa yirik kompaniyalarning 200 dan ortiq vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. UzAWni qo`llab-quvvatlovchi xalqaro tashkilotlar: AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), EXHTning O`zbekistondagi koordinatori ofisi, Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (THRD) va Osiyo taraqqiyot banki.
UzAW 2022 yil 19-23 sentyabr kunlari turli manzillarda o`tkaziladi: birinchi kun haftalik ochilishi Hyyat mehmonxonasida soat 10:00da, uchinchi kun - Toshkentdaxalqaro Vestminstor universitetida, 4-5 kunlar– Toshkent davlat yuridik universitetidabo`lib o`tadi.






