Ijtimoiy tarmoqlarda ayolning shifokorlar aybi bilan vafot etganligi haqida murojaatlar tarqaldi. Holat bo`yicha Xorazm viloyati prokuraturasi rasmiy ma`lumot taqdim etdi.
Aniqlanishicha, 2022 yil 12 sentyabr kuni Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi tug`ruq kompleksida tumanning Shirinqo`ng`irot qishlog`i, “Ochanqal`a” mahallasida yashagan 1998 yilda tug`ilgan fuqaro G.B. qiz jinsli chaqaloq tuqqan va tug`ruqdan keyin G.B.da qon ketish kuzatilgach, unda bachadon ortig`i bilan olish jarroxlik amaliyoti o`tkazilgan.
Jarrohlik amaliyotidan keyin G.Bekmatova 13 sentyabr kuni RShTYoIM Xorazm filialiga o`tkazilgan va ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 14 sentyabrt kuni filialning jonlantirish bo`ylimida vafot etgan.
Fuqaro G.B.ning o`limi sababini aniqlash yuzasidan sud – tibbiy ekspertizasi hamda unga ko`rsatilgan tibbiy yordamning to`g`ri yoki noto`g`riligini aniqlash yuzasidan komissiyaviy sud – tibbiy ekspertizasi, shuningdek G.Bekmatovaning vafoti bo`yicha shifokorlarning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan Yangibozor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.






