AsosiyJamiyat

"Hokimning birinchi o`rinbosari intizomiy javobgarlikka tortiladi". Jizzaxda kam ta`minlangan oilalarga tarqatilgan jo`jalar uchun qariyb 60 miliion so`m pulni MChJ hisob raqamiga tashlab berilgani bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

'"Hokimning birinchi o`rinbosari intizomiy javobgarlikka tortiladi". Jizzaxda kam ta`minlangan oilalarga tarqatilgan jo`jalar uchun qariyb 60 miliion so`m pulni MChJ hisob raqamiga tashlab berilgani bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining qaroriga ko`ra “ZAFAROBOD FAYZI” MChJning hisob raqamiga kam ta`minlangan oilalarga tarqatilgan jo`jalar uchun 58 mln. so`m o`tkazib berilgani, biroq bugungi kunda bu jamiyat tugatilganligi haqida xabar tarqalgan.

Holat bo`yicha Jizzax viloyati prokuraturasi ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum bo`lishicha, tuman hokimining birinchi o`rinbosari Q.R va tumandagi parrandachilik yo`nalishi bilan faoliyat ko`rsatib kelayotgan  “ZAFAROBOD  FAYZI” MChJ  rahbari F.Dlarning og`zaki kelishuvlari bilan, keyinchalik “Sahovat  va ko`mak”  jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`lab berish hisobiga joriy yilning may-iyul oylarida shartnoma tuzmasdan, jamiyatdan 2000 dan ortiq parrandalar olinib, tumandagi 10 ta mahallalarda yashovchi kam ta`minlangan oilalarga tarqatilgan.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 08.09.2022 yildagi tegishli qarori bilan “Sahovat  va ko`mak”  jamg`armasi mablag`lari hisobidan kam ta`minlangan oilalarga  tarqatilgan jo`jalar uchun 58 mln. so`m mablag` shartnoma asosida “ZAFAROBOD  FAYZI” MChJning hisob-raqamiga  o`tkazilishi belgilangan.  

“ZAFAROBOD FAYZI” MChJdan olingan va tarqatilgan parrandalar uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda qonun qonunbuzilishiga yo`l qo`ygan tuman hokimining birinchi o`rinbosariga nisbatan intizomiy javobgarlikga tortishga doir ish qo`zg`atish haqida qaror qabul qilindi.  

Shuningdek, tuman  DSI tomonidan taqdim etilgan ma`lumotga asosan, “ZAFAROBOD  FAYZI” MChJ 2020 yil may oyidan xozirgi kunga qadar faoliyat ko`rsatayotganligi ma`lum qilinadi.

    Boshqa yangiliklar