AsosiyJamiyat

Navoiyida xonadon egasi er kovlayotib, ilgari ko`mib yuborilgan odam skeletini topib oldi

'Navoiyida xonadon egasi er kovlayotib, ilgari ko`mib yuborilgan odam skeletini topib oldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani Navbahor MFYdagi xonadonlarning birida uy egasi er kovlayotib ko`mib yuborilgan odam skeleti topib olgani haqida xabar tarqatildi.

Viloyat prokuraturasining bayonot berishicha, Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro R. Z joriy yilning 16 sentyabr kuni yashash xonadoni hovlisida joylashgan ekin erini kovlayotgan vaqtida, odam suyagiga o`xshash suyaklar chiqqanligini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma`lum qilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo`lib, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy hamda sud-tibbiy kriminalistik ekspertizalar tayinlangan.  

Tergovga qadar tekshirish natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar