18 sentyabr, yakshanba kuni Tayvan qirg`oqlari yaqinida kuchli zilzila ro`y berdi.
Uning Rixter shkalasi 7,2 ni tashkil etdi. Bu haqda Tayvan markaziy ob-havo byurosi xabar bergan.
Zilzila episentri Taytung okrugi meriyasidan 42,7 km shimolda joylashgan. Shundan so`ng mintaqada sunami xavfi e`lon qilindi.
Zilzila silkinishlari yana uchta davlatda – Yaponiya, Filippin va Xitoyda sezilgan.
Qurbonlar bor-yo`qligi hozircha noma`lum. Shu bilan birga, Tayvan tezyurar temir yo`li yarim orol bo`ylab poezdlar harakati to`xtatilganini e`lon qildi. Metrolar ham vaqtinchalik to`xtatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda voqea guvohlarining voqea oqibatlari aks etgan videolari tarqaldi. Ularda poezdlarning relslarda chayqalib ketgan, ayrim hududlarda turar-joy binolari qulab tushgani aks etganligini ko`rish mumkin.
Shu munosabat bilan Yaponiyaning Miyakojima orolida sunami xavfi e`lon qilindi.
Oqibatlarni bartaraf etish uchun voqea joyiga favqulodda xizmatlar etib kelgan.






