AsosiyJamiyat

Andijonda "Cobalt" haydovchisi YPX inspektorini kapotida "sayr qildirdi" (video)

'Andijonda "Cobalt" haydovchisi YPX inspektorini kapotida "sayr qildirdi" (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Cobalt" haydovchisi GAI xodimini avtomashina kapotida sayr qildirgani bilan bog`liq xabar tarqaldi.

Viloyat IIBning ma`lum qilishicha, hodisa Andijon shahrining Milliy tiklanish va Amir Temur shoh ko`chalari kesishmasida sodir bo`lgan.

Chorrahada xizmat o`tayotgan YPX inspektori Bobur maydonida xizmat olib borayotgan inspektorning xabariga ko`ra "Cobalt"ni to`xtatishga uringan, haydovchi oldiga kelib, bir necha bor ogohlantirish bergan, biroq haydovchi bunga bo`ysunmasdan harakatlangan. 

Inspektor o`zini olib qochishga ulgurmagan. Natijada avtomashinaning oldi kapot qismiga osilib qolgan. Mashina joyidan keskin qo`zg`alishib, o`ng tomonga keskin burilgan vaqtida inspektor uning kapotidan sirpanib, yiqilib tushgan.

Voqea  oqibatida inspektorning qo`l-oyoqlari jarohatlangan hamda jezl va aloqa vositalari sinib, shikastlangan.

Hodisa "qahramoni"ning bayonot berishicha, u mazkur harakatlari mashinani olib qo`yishlaridan qurqishi natijasida sodir qilgan.

“Misr davlatida Al-Azhar institutida o`qiyman. "GAI"ga bo`ysunmaganligim sababi voqeadan oldin mashina yoritgichlarini o`zgartirganim uchun inspektor to`sib, bayonnoma rasmiylashtirgandi. Bu safar ikkinchi marta to`xtatsa, mashinani olib kirib qo`yishi mumkin deb bo`ysunmasdan ketgandim”, — deydi haydovchi. 

Hozirda holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Andijon viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, fuqaro K.V.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar