Bugun, 17 sentyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi sexda yong`in chiqdi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:07 da Olmazor tumani “Qizg`aldoq” ko`chasida joylashgan moy ishlab chiqarish sexi hududida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga asosan, 7 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 18:17 da voqea joyiga yuborilgan.
Shunga ko`ra, yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 18:17 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 18:55 da o`rab olingan va soat 18:58 da to`liq o`chirilgan. Uni bartaraf etishga 7 ta yong`in-qutqaruv ekipaji, 1 ta ko`pik hosil qiluvchi avtomobil, 2 ta avtonarvonlar jalb etilgan.
Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari to`g`risida xabar kelib tushmagan. Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






