Xorijdagi yana bir guruh yurtdoshlarimizning huquqlari tiklandi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.
Ma`lum qilinishicha, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Nyagan shahrida 19 nafar O`zbekiston fuqarolarining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo`yilgan. Shuningdek, o`rmon xo`jaligida majburan ishlatilgan va huquqlari buzilgan.
Yurtdoshlarimizning Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi vakili tomonidan murojaati o`rganiladi va Rossiya Federasiyasining mutasaddi tashkilotlar bilan tezkor harakatlar natijasida vatandoshlarimizning hujjatlari olib berildi va huquqlari tiklandi.






