AsosiyDunyo

Rossiya Hindiston bilan vizani soddalashtirish niyatida bo`lgan bir paytda Shveysariya bu bo`yicha kelishuvni to`xtatdi

'Rossiya Hindiston bilan vizani soddalashtirish niyatida bo`lgan bir paytda Shveysariya bu bo`yicha kelishuvni to`xtatdi'ning rasmi

Sal avval ShHT sammiti doirasida Rossiya Federasiyasi va Hindiston o`rtasida vizasiz turistik sayohatlar yuzasidan muzokaralarni faollashtirish kerakligini bildirgan Putin Shveysariya bilan bu bo`yicha kelishuvdan "mosuvo bo`ldi".

Shveysariya Rossiya bilan viza tartibini soddalashtirish bo`yicha kelishuvni to`xtatishga qaror qildi, deya yozadi "Zamon.uz' nashri. Ma`lum qilinishicha, bu qaror Federal kengashning 2022 yil 16 sentyabrdagi yig`ilishida qabul qilingan.

“Federal kengash Evropa Ittifoqi bilan bir xil qaror qabul qiladi va shu tariqa butun Evropada umumiy viza siyosatiga hissa qo`shadi”, — deyiladi bayonotda.

Biroq, bu qaror ruslar uchun vizaning umumiy bekor qilinishini anglatmasligi ta`kidlanadi. 

Qayd etilganidek, endi viza narxi 80 evroni tashkil qiladi, viza olish uchun qo`shimcha hujjatlar talab qilinadi, so`rovni ko`rib chiqish muddati uzayadi.

    Boshqa yangiliklar