Avval xabar qilganimizdek, bugun 16 sentyabr kuni qirg`iz-tojik chegarasida otishma sodir bo`ldi.
Qirg`iz-tojik qurolli to`qnashuvi chegaraning butun perimetri bo`ylab davom etdi.
Ayni paytda xorij OAV berayotgan xabarlarga ko`ra, soat 21:00 holatiga, Botkenda 136 ming kishi evakuasiya qilindi. Bular Botken va Ifana Razzoqov shaharlari, Botken va Leylek viloyatlari aholisidir.
Shuningdek, O`sh viloyatining Cho`n-Oloy tumani, Jekendi qishlog`i aholisi ham evakuasiya qilinayotgani aytilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Botken viloyati davlat moddiy zaxirasidan yoqilg`i-moylash materiallari, moy, un, shakar va boshqalar ajratildi.
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi Qirg`izistonga 400 tonna gumanitar yordam ajratishga tayyorligini bildirdi.
Vaziyatni yumshatishga qilingan harakatlarga qaramay ijtimoiy tarmoqlarda tojikiston fuqarolari Leylek tumanidagi Qirg`iziston bilan chegaradosh qishloqda uyga o`t qo`yib, vayron qilgani bilan bog`liq video tarqalmoqda.
Soat 22:00 holatiga ko`ra, Leylek tumanining chegaradosh qishloqlarida otishma to`xtadi. Bu haqda viloyat hokimi Almazbek Rahmonqulov ma`lumot bergan.
Uning so`zlariga ko`ra, hozirda vaziyat barqaror. O`qdan jarohat olgan barcha jabrlanganlar shifoxonalarga etkazilgan.
Ikki mamlakat o`rtasida kelishmovchiliklar yuz berayotgan bir vaqtda Rossiya TIV holatga "reaksiya" bildirib, Rossiya Qirg`iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyatga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
"Rossiya tomoni qirg`iz-tojik chegarasida 14 sentyabr kuni ertalab chegarachilar o`rtasidagi otishma natijasida yana keskinlashgan keskin vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. U Qirg`iziston va Tojikiston prezidentlari o`rtasidagi mavjud kelishuvlarni hisobga olgan holda, biz har ikki tomonni vaziyatni siyosiy-diplomatik maydonga qaytarish uchun barcha zarur choralarni ko`rishga va har qanday provokasiyani birgalikda bostirishga chaqiramiz",—deydi TIV rasmiy vakili.
Uning so`zlariga ko`ra, bu borada Rossiyaning chegaralarni belgilashda boy tajribasi bor va shu boisdan ham mamlakat ayni holatga yordam bera oladi.
"Biz Rossiyaning chegaralarni belgilash, jumladan Markaziy Osiyodagi qo`shnilari bilan bo`lgan boy tajribasidan foydalangan holda, tomonlarga chegara masalalari bo`yicha uzoq muddatli o`zaro maqbul echimga erishishda yordam berishga tayyorligimizni bildiramiz",—deydi Zaxarova.






