AsosiyJamiyat

"Sukut na Armaniston, na Ozarbayjonning rejasida bor"

'"Sukut na Armaniston, na Ozarbayjonning rejasida bor"'ning rasmi

Ilhom Aliyev ayni kunda Ozarbayjon va Armaniston o`rtasidagi vaziyatni ochiq aytdi.

Ayni kunlarda ShHT sammitida qatnashish uchun Samarqandda bo`lib turgan Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Ma`lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi rahbari uchrashuvda arman-ozar xalqlari o`rtasidagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirgan.

"Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatning keskinlashuvidan barchamiz juda xavotirdamiz.

Muvofiqlashtirilgan sa`y-harakatlar Boku va Irevan o`rtasidagi keskinlashuvning oldini olishga muvaffaq bo`lgani yaxshi, ammo vaziyat tarangligicha qolmoqda",—deydi u.

Aliyev suhbat davomida ayni paytdagi vaziyat bo`yicha munosabat bildirgan.

Uning ta`kidlashicha, sukut rejimiga rioya qilish na Armaniston, na Ozarbayjonning rejasida bor, biroq ayni soatlarda mamlakatda vaziyat barqaror.

"Armaniston tomoni o`t ochishni to`xtatish rejimini darhol amalga oshirishga kirishmadi, lekin umuman olganda, rejimga taxminan 2 kundan beri rioya qilinmoqda"—deydi Ozar xalqi rahbari.

    Boshqa yangiliklar