AsosiyJamiyat

Parkent tumanida 1750 tonnalik sig`imda yoriqlar aniqlandimi? (video)

'Parkent tumanida 1750 tonnalik sig`imda yoriqlar aniqlandimi? (video)'ning rasmi

Mazkur holat FVV tomonidan o`rganilganda, rezervuar Toshkent viloyati Parkent tumani “Aviasozlar” bog`dorchilik, uzumchilik shirkatiga tegishli ekanligi aniqlangan

O`rganish davomida mutasaddilar ishtirokida hududdagi kichik sig`im aholi ichimlik suvi uchun to`ldirilmasdan foydalanilayotganligi, sig`imda hech qanday yoriqlar mavjud emasligi ma`lum bo`lgan. Holat bo`yicha joriy yilning 14 sentyabr kuni shirkat rahbari, ishchilari hamda hudud profilaktika inspektori  ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.  Tarqalgan xabarda e`lon qilingan video 2021 yil 7 mart kuni sanasiga tegishli bo`lib, bu vaqtda sig`im qayta ta`mirdan chiqarilgan. Shu munosabat bilan sig`im, tekshirib ko`rish maqsadida, mutasaddilardan iborat komissiya a`zolari ishtirokida 5 daqiqaga toshirilgan va yoriqlar yo`qligi ma`lum bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar