O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda.
Diqqat markazida - o`zaro savdo hajmini oshirish, kooperasiyani kuchaytirish, sanoat, innovasiyalar, qishloq xo`jaligi, energetika, transport va logistika, boshqa ustuvor yo`nalishlarda qo`shma loyihalarni amalga oshirish.
Mintaqada samarali transport yo`laklarini rivojlantirish imkoniyatlari ko`rib chiqiladi.
O`zbekiston va Eron etakchilari dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afg`onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat, ShHT doirasidagi ko`p tomonlama hamkorlik masalalarini ham muhokama qiladilar.






