Hozirgina bortida Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy bo`lgan samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi. Bu haqda Darakchi muxbiri xabar berdi.
Eronning ShHT va Markaziy Osiyo uchun ahamiyatiga to`xtaladigan bo`lsak, dunyoda bevosita chegaradosh davlatlar soni bo`yicha eng katta mamlakat bo`lgan Eron Markaziy Osiyoni Yaqin sharq, Janubiy Osiyo, Kavkaz va Evropa bilan bog`lovchi chorrahadir.
Ma`lumki, Eronning Chabahar dengiz portlari Markaziy Osiyoni jahon bozori bilan bog`lashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Shu jihati bilan ham Eronning ShHT bilan hamkorligi juda muhim va manfaatlidir.






