AsosiyJamiyat

Homilador ayollarga nafaqa puli berilyapti, plastigingizni raqamlarini yuboring...

'Homilador ayollarga nafaqa puli berilyapti, plastigingizni raqamlarini yuboring...'ning rasmi

Quvasoy shaharida 2022 yilning 5 avgust kuni V.V telegram ijtimoiy tarmog`i orqali I.T.ni ishonchiga kirib, homilador ayollarga nafaqa puli berilishini aytib, buning uchun plastik karta raqamini yuborishini so`raydi. Bank tomonidan berilgan plastik karta raqamini qo`lga kiritgach, karta hisobida bo`lgan jami 835.700 so`m pullari firibgarlik yo`li bilan echib olgan. Bu haqda Farg`ona viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
 

    Boshqa yangiliklar