Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan o`zaro janjal aks etgan videotasvir mas`ullar tomonidan o`rganildi. O`rganishlar natijasida Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2022 yilning aprel oylarida Qo`qon shahar A.Navoiy mavzesida fuqaro M.M hamda marxum (17.08.2022 yilda ushbu voqeaga aloqador bo`lmagan holatda vafot etgan) Q.A bilan o`zaro kelishmovchilik sababli janjallashib, M.M, Q.A ning turli joylarga urib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot organlariga murojaat kelib tushmagan.
Videotasvirdagi holatda ishtirok etgan boshqa fuqarolarning ham shaxsiga oydinlik kiritilgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatalari olib borilmoqda.
14.09.2022 05:00
Farg`onada sodir bo`lgan ommaviy mushtlashuv ishtirokchilaridan biri janjalga aloqasi bo`lmagan tarzda vafot etgani ma`lum qilindi






