Adliya vazirligida bo`lib o`tgan G.Karimovaga ilgari tegishli bo`lgan aktivlarni qaytarishga qaratilgan Restitusiyaga oid bitim bo`yicha matbuot anjumanida Gulnora Karimovaning O`zbekistonga qaytarilayotgan pullari nimaga sarflanishi aytildi. Bu haqda "darakchi.uz" muxbiri xabar bermoqda
Ma`lumki, O`zbekiston va Shveysariya o`rtasida Gulnora Karimovaning jinoiy aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo`yicha imzolangan yakuniy bitimda Gulnora Karimova boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh tomonidan noqonuniy ravishda orttirilgan va Shveysariyada legallashtirilgan 131 million dollarning O`zbekistonga qaytarilishi belgilangan. Hujjatga ko`ra, qaytarilgan mablag`lar ijtimoiy sohaga, xususan, ta`lim va sog`liqni saqlash sohalariga yo`naltiriladi.
Matbuot anjumanida 131 million dollarni O`zbekistondagi muhim bo`lgan sohalarga ishlatilishi nazoratga olinganligi qayd etildi. Mutaxassisning aytishicha, mablag`ni to`g`ri sarflanishida jamoatchilik nazoratining roli ham muhim. Shu sabab mablag`ni sarflanishi haqidagi ma`lumotlar OAVlarda berib boriladi.






