Senat yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasining O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlarining 2022 yil birinchi yarim yilligi ijrosi to`g`risidagi hisoboti muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida mahalliy byudjetlarning sarflanishidagi bir qator Byudjet kodeksiga nomuvofiq bo`lgan harakatlarga to`xtalib o`tildi.
Bu borada Senat Raisi T.Narbaeva Sirdaryo viloyatida 2 mlrd so`mdan ziyod qo`shimcha manbalar moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarga yo`naltirilganini, xalq deputatlari Kengashining qarorisiz mahalliy byudjetlarning qo`shimcha manbalarini sarflash mumkin emas bo`lsada, Toshkent viloyatida hokimliklarning tegishli farmoyishlari bilan mahalliy byudjetlarning qo`shimcha manbalari hisobidan 33,5 mlrd so`m turli tadbirlarga sarflab bo`lingach, keyinchalik Kengash qarorlari qabul qilinganini alohida ta`kidlab, ushbu hudud mas`ullardan izoh so`radi.
2 mlrd so`mdan ziyod qo`shimcha manbalar moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarga yo`naltirilganini, xalq deputatlari Kengashining qarorisiz mahalliy byudjetlarning qo`shimcha manbalarini sarflash mumkin emas bo`lsada, Toshkent viloyatida hokimliklarning tegishli farmoyishlari bilan mahalliy byudjetlarning qo`shimcha manbalari hisobidan 33,5 mlrd so`m turli tadbirlarga sarflab bo`lingach, keyinchalik Kengash qarorlari qabul qilinganini alohida ta`kidlab, ushbu hudud mas`ullardan izoh so`radi.






