AsosiySiyosat

"O`zbekiston "qanday yashashni o`rgatayotgani" yo`q, bu bosib o`tilgan yo`l" – Eldor Aripov

'"O`zbekiston "qanday yashashni o`rgatayotgani" yo`q, bu bosib o`tilgan yo`l" – Eldor Aripov'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov davlat rahbarining ShHT sammiti haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi.

 "Prezident ta`kidlaganidek, davlatlar o`rtasidagi munosabatlarda ishonch inqirozi va o`zaro begonalashuv kuchayib bormoqda, bu esa mojarolarni keltirib chiqarmoqda va pandemiyadan keyin katta zarar ko`rgan jahon iqtisodiyotini tiklashni qiyinlashtirmoqda. Bu xatarlar davlatlar hamda insonlar hayotining asoslariga tahdid soladi», – deydi ekspert.

Aripovning fikricha, Prezident nafaqat muammolarni sanab o`tmoqda, balki ularni bartaraf etishning eng real va mumkin bo`lgan yo`llarini ham ko`rsatmoqda – hech bir davlat bu qiyinchiliklarni bir o`zi engib o`ta olmaydi. Buning yagona yo`li – konstruktiv muloqot va ko`p tomonlama hamkorlik.

O`zbekiston o`tgan besh-olti yil ichida Markaziy Osiyo mintaqadasigi munosabatlar mutlaqo o`zgardi – deyarli butunlay «muzlatilgan» savdo, yopiq chegara o`tish joylari, o`zaro ayblovlar va boshqa muammolar barham topdi. Chegaralar ochildi, so`nggi besh yil ichida mintaqalararo tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar oshdi.  

"O`zbekiston o`z chaqirig`i bilan "qanday yashashni o`rgatayotgani yo`q", balki o`zaro hamjihatlikka erishish mumkinligini o`z misolida ko`rsatmoqda", – deb ta`kidladi Eldor Aripov.

 

    Boshqa yangiliklar