O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov davlat rahbarining Afg`oniston bo`yicha tashabbuslari haqida o`z fikrini bildirdi.
"O`zbekiston Prezidentining qo`shni davlatlarga Afg`onistonga yordam qo`lini cho`zishga chaqiruvi mutlaqo dolzarb va talabga ega. Bu mamlakat yana o`z muammolari bilan yolg`iz qolmasligi kerak.
"Termiz-Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar" temir yo`li loyihasini amalga oshirish Afg`onistonda tinchlik o`rnatilishi uchun eng muhim hissa bo`ladi. Ushbu loyiha Afg`onistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga kuchli turtki berishga qodir, jumladan, yangi ish o`rinlarini yaratish, savdoni kengaytirish, infratuzilma qurish.
Ya`ni tinch, maishiy hayot kechirish uchun barcha zarur sharoitlar shakllanadi. Oxir oqibat, savdo qilish har doim jang qilishdan ko`ra foydaliroqdir", – deya qayd etdi Eldor Aripov.






