Xalq ta`limi vazirligining 12 sentyabrdagi buyrug`iga binoan oliy malaka toifasiga ega pedagog kadrlar majburiy attestasiya sinovlaridan ozod etiladi. Bu haqda Respublika ta`lim markazi direktor o`rinbosari Isroil Tillaboev xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, oliy malaka toifasiga ega bo`lgandan so`ng pedagog uni 15 yil davomida saqlab kelgan bo`lishi, shuningdek, uzluksiz ish tajribasiga ega bo`lishi talab etiladi. Shuningdek, qarorda 2022 yilning 2 avgustiga qadar 15 yil yil uzluksiz ish stajiga ega bo`lgan oliy toifali pedagoglarga ushbu o`zgarishlar tatbiq etilmasligi belgilab berilgan.
Bu bilan birga, oliy malaka toifasi umrbod saqlanib qolingan holda tarifikasiya qilinishi ham keltirilgan.
Hujjatda bakalavr va magistr darajasiga ega kadrlarning malaka darajasi avtomatik ravishda ikkinchi toifa etib belgilanishi bo`yicha ham ko`rsatma berilgan.






