AsosiyJamiyat

Noqonuniy tamaki mahsulotini olib kirish va sotish: kuchaytirilgan jazo choralaridan xabardormisiz?

'Noqonuniy tamaki mahsulotini olib kirish va sotish: kuchaytirilgan jazo choralaridan xabardormisiz?'ning rasmi

O`zbekistonda noqonuniy tamaki mahsulotini olib kirish va sotish uchun jazo kuchaytirildi. Ammo raqamlar o`smoqda, kontrabandachilar o`z faoliyatini davom ettirmoqda, sifatsiz mahsulot esa, iste`mochlilar salomatligi uchun tahdid solmoqda. Nega?

Mamlakatimizda kontrabandaga qarshi kurashish uchun ko`p choralar ko`rilmoqda. Jumladan, 2022 yil 13 iyundan ma`muriy va soliq kodeksilariga o`zgartishlar va qo`shimchalar kuchga kirdi.

Mahsulot musodara qilinishidan tashqari, endi tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotganlik uchun BHMning 50 barobari va undan katta jarima ko`zda tutilgan. Takroriy qonunbuzarlik va o`ta yirik miqdordagi noqonuniy oldi-sotdilar quyidagilarga sabab bo`lishi mumkin:

- 54 mln. so`mdan boshlanadigan jarima;

- axloq tuzatish ishlari;

- 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki mahrum qilish.

Tarmoqlarda muntazam ravishda reydlar va kontrabandachilarni qo`lga olish to`g`risida xabarlar chiqmoqda, ammo chegaralarda kontrafakt tamaki mahsulotini olib kirishga urinishlar hanuz qayd etilmoqda, mamlakat ichida esa noqonuniy savdo darajasi o`smoqda.  

Statistika ko`rsatishicha, 2022 yil may-iyul oylarida kontrafakt sigaretlar bilan noqonuniy savdo darajasi bir necha barobar o`sdi, chunonchi:

- Farg`ona vodiysida 16,8% dan 20,4% gacha;

- Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida — 8,1% dan 13,4% gacha;

- Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida — 6,5% dan 14,3% gacha.

Ko`rilgan chora-tadbirlarga qaramay, noqonuniy tamaki mahsuloti tarqalishda davom etmoqda, bu iqtisodiyotga bevosita zarar keltiradi va iste`molchilar salomatligiga tahdid soladi.

Vaziyatni yaxshi tomonga o`zgartirish uchun nazoratni kuchaytirish va bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashish bo`yicha sifatli yangi choralar joriy qilish lozim. Zero noqonuniy sigaretlar bilan mamlakat hududiga taqiqlangan moddalar va kontrafakt dori-darmonlar ham kirishi mumkin. Bu esa tamaki mahsulotlari kontrabandasi bir qarashda ko`ringanidan ko`ra ancha jiddiy muammo ekanini anglatadi.

    Boshqa yangiliklar