AsosiyJamiyat

O`sh–Andijon yo`nalishi bo`yicha avtobus qatnovi tiklandi

'O`sh–Andijon yo`nalishi bo`yicha avtobus qatnovi tiklandi'ning rasmi

Qirg`izistonning O`sh va O`zbekistonning Andijon shaharlari o`rtasida 9 sentyabrdan avtobus qatnovi tiklandi. Bu haqda O`sh viloyati hokimligiga tayanib, "Manas news" xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu yo`nalish bo`yicha qatnov 2019 yil kuzida ishga tushgan, biroq bir necha oy o`tib pandemiya tufayli to`xtatilgan. Hozirda yo`nalish bo`ylab harakatlanish uchun o`nga yaqin mikroavtobus qatnovi yo`lga qo`yilgan.

Chegara orqali o`tishni tezlashtirish uchun davlatlar "yashil yo`lak"ni joriy etishga kelishib olgan. Shaharlar orasidagi masofa 45 kilometrni tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar