AsosiyJamiyat

SSV: ShHT sammiti o`tkaziladigan kunlarda Samarqand shahri aholisiga uzluksiz tibbiy yordam ko`rsatiladi

'SSV: ShHT sammiti o`tkaziladigan kunlarda Samarqand shahri aholisiga uzluksiz tibbiy yordam ko`rsatiladi'ning rasmi

Shu yilning 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining O`zbekiston mezbonligidagi navbatdagi sammiti bo`lib o`tadi.

Shu munosabat bilan 14 sentyabrdan 17 sentyabrga qadar Samarqand shahrining ayrim ko`chalarida transport vositalarining harakati cheklanishi haqida xabar berilgan edi.

Sog`liqni saqlash vazirligi  shu kunlarda shahar hududida tibbiy yordamni tashkil etish bo`yicha quyidagilarni ma`lum qildi.

Sammit kunlari davomida Samarqand shahrida tibbiy yordam 3 yo`nalishda tashkil etiladi:

 tez tibbiy yordam ko`rsatish;

ambulator yordam ko`rsatish;

shifoxonada shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish.

Shahar aholisiga 50 ga yaqin tez tibbiy yordam mashinasi va shuncha tibbiy brigada jalb etilgan bo`lib, ular chaqiriqlar bo`yicha odatdagidek faoliyat olib boradi. 

Ambulator yordam ko`rsatish uchun Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli barcha oilaviy poliklinikalarda odatdagidek soat 8:00 dan 20:00 gacha ish foaoliyati olib boriladi.

Shuningdek, har bir mahalla fuqarolar yig`inida aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida oila shifokorlari va 2 nafar hamshiradan iborat tibbiy punktlar tashkil qilingan. Ular birinchi yordam uchun zarur dori-darmon vositalari bilan ta`minlangan bo`lib, bu orqali engil darajadagi bemorlarga  mahallaning o`zida ambulator yordam ko`rsatish ta`minlanadi.

Shoshilinch holatlarda "103" xizmatiga murojaat qilinadi! 

Alohida ta`kidlash joizki, konservativ davolanishga muhtoj bemorlarga tuman shifoxonalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatish uchun viloyat shifoxonalarida faoliyat ko`rsatuvchi malakali mutaxassislar jalb etiladi.

Bundan tashqari, shoshilinch va kechiktirib bo`lmaydigan holatlarda mobil tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan viloyat shifoxonalaridan malakali mutaxassislar tuman va shahar birlashmalariga yuborilib, shu joyning o`zida shoshilinch operasiyalar o`tkazish imkoniyatlari yaratiladi.

Bu boradagi barcha harakatlar vazirlik tomonidan Samarqand viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasida tashkil etilgan markaziy shtab orqali boshqarib boriladi.

    Boshqa yangiliklar