O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahridagi sammiti doirasida tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi.
O`zbekiston va Rossiya etakchilarining muzokaralari kun tartibidan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o`rin olgan.
Alohida e`tibor sanoat kooperasiyasini kengaytirish, hududlar va ishbilarmonlar o`rtasidagi aloqalarni faollashtirish, qo`shma iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni ilgari surishga qaratiladi.
Shu bilan bir qatorda davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Prezident Vladimir Putin, shuningdek, ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi tadbirlarida ishtirok etadi.






