AsosiyDunyo

Rossiyalik paraplanchi Tojikiston tog`larida halok bo`ldi

'Rossiyalik paraplanchi Tojikiston tog`larida halok bo`ldi'ning rasmi

Rossiya fuqarosi Pavel Chernov o`tgan shanba kuni Tojikiston tog`larida paraplanda uchish chog`ida halok bo`ldi, deb xabar bermoqda Uza.uz  RIA Novosti agentligi xabariga tayanib. 

“Varzob tumani, Xarangon shahri hududida (Dushanbe shahridan 15 kilometr shimolda) tog`larda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashovchi 38 yoshli Pavel Chernov paraplanda uchish chog`ida halokatga uchradi”, – dedi Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi matbuot markazi rahbari Umeda Yusufiy.

Chernov "Motovoz" laqabi bilan tanilgan Peterburg motosikl jamoasining taniqli a`zosi edi. U motosikllarni tashish va sotish bilan ham shug`ullangan.

Uning so`zlariga ko`ra, zudlik bilan EXB Ixtisoslashtirilgan qidiruv-qutqaruv xizmati boshqarmasining qutqaruvchilari va shifokorlaridan iborat navbatchi guruhi manzilga jo`nab ketgan.

"Hodisa joyiga etib kelgan qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladilar. Ma`lum bo`lishicha, u parvoz vaqtida boshqaruvni yo`qotgan va hayotga mos kelmaydigan jarohatlar olib, halokat joyida vafot etgan. U samolyotda yolg`iz bo`lgan", - dedi Yusufi.

    Boshqa yangiliklar