AsosiyJamiyat

Jizzaxda "Nexia" katta yuk mashinasi bilan to`qnashishi oqibatida 2 fuqaro voqea joyida halok bo`ldi

'Jizzaxda "Nexia" katta yuk mashinasi bilan to`qnashishi oqibatida 2 fuqaro voqea joyida halok bo`ldi'ning rasmi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 9 sentyabr kuni "Nexia" qarama-qarshi yo`nalishdagi yuk mashinasi bilan to`qnashdi.

Ma`lum bo`lishicha, hodisa soat 06:00 atrofida tuman hududidan o`tuvchi 4P-35 avtomobil yo`lining 38-kilometrida sodir bo`lgan. Do`stlik–Jizzax yo`nalishida harakatlanayotgan "Nexia" qarama-qarshi yo`nalishdagi PAZ-3307 yuk mashinasi bilan to`qnashib ketgan.

Voqea joyiga zudlik bilan boshqarma yong`in-qutqaruv otryadi etib borib, "Nexia" salonida qisilib qolgan haydovchi va old o`rindiqda bo`lgan yo`lovchi maxsus uskunalar yordamida chiqarilgan.

Yo`l-transport hodisasi oqibatida "Nexia" haydovchisi va yo`lovchisi og`ir tan jarohatlari sabab hodisa joyida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar