Toshkent shahri Olmazor tumanining ba`zi hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz poytaxt" axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Olmazor tumanining ba`zi hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha uziladi. Bunga Yunusobod tumani, Niyozbek yo`li 5-tor ko`chasida joylashgan gaz quvurlarini tartibga keltirish ishlari rejalashtirilgani sabab bo`lgan.
Shu sababli 12 sentyabr kuni soat 10:00 dan 17:00ga qadar Niyozbek yo`li 5-tor ko`chasidagi 1-2 ko`p qavatli uylarda, 10 ta hovli xonadonlarda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatilishi xabar qilingan.
Shuningdek, Olmazor tumani, Qora saroy kõchasi hududida joylashgan er usti D-76 mmli past bosimli gaz quvurini tartibga keltirish ishlari rejalashtirilmoqda. Shu sababli 12 sentyabr kuni soat 10:00 dan 17:30ga qadar «Guruch ariq» mahallasidagi 42 ta hovli xonadonlarda hamda 1 ta kõp qavatli uyda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatilishi aytilgan.






