Ertaga, 12 sentyabr kuni mamlakatimiz va qator etakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalarida va internet-nashrlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitiga bag`ishlangan dasturiy ahamiyatga ega, konseptual maqolasi chop etiladi.
Bu oliy darajadagi uchrashuvdan nimalar kutilyapti? Sammit O`zbekiston, mintaqa va umuman zamonaviy dunyo uchun qanchalik muhim? Yangi davrda O`zbekiston nega mintaqaviy va global miqyosda keng hamkorlik va muloqotni ilgari surmoqda? O`zbekistonning ShHTga raisligi tashkilot faoliyatida qanday aks etdi?
Shu va boshqa muhim savollarga Prezidentimizning ertangi maqolasida javob topish mumkin
11.09.2022 16:41
Ertaga, 12 sentyabr kuni OAVda Prezident Shavkat Mirziyoevning maqolasi e`lon qilinadi






