AsosiyJamiyat

"Uzbekistan Airways" Toshkentdan Termizga uchgan samolyot Buxoro aeroportiga qo`ngani bo`yicha ma`lumot berdi

'"Uzbekistan Airways" Toshkentdan Termizga uchgan samolyot Buxoro aeroportiga qo`ngani bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Noqulay ob-havo tufayli, Toshkentdan Termizga uchgan samolyot Buxoro zaxira aerodromiga yo`naltirilgani haqida xabar berilgan edi.

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 11 sentyabr kuni Toshkent—Termiz yo`nalishi bo`yicha HY-065 reysi Termiz shahridagi ob-havo sharoiti (kuchli qum shamoli) tufayli o`z yo`nalishini o`zgartirib, Buxoro xalqaro aeroportiga qo`nganini tasdiqladi.

Ma`lum qilinishicha, hozirda 124 nafar yo`lovchi Buxoro xalqaro aeroportida bo`lib turibdi. Termiz shahrida ob-havo o`zgarishi bilan HY-065 aviaqatnovi belgilangan yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladi.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so`raymiz”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar