Ozarbayjon fuqarosi pora berayotgan paytda ushlandi. Bu haqda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahri aeroportlarida XTB xodimlari tomonidan, 6 sentyabrt kuni Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish zalida olib borilgan profilaktik chora tadbirlar davomida, “Toshkent-Boku” yo`nalishida yo`lovchilarni ro`yxatga olish ustunining oldida, Ozarbayjon Respublikasi fuqarosi, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida yashovchi, 1962 y.t. M.Z. Toshkent shahri aeroportlarida XTB PPX otryadi xodimi safdor R.Yakubovning bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan ro`yxatdan o`tayotgan yo`lovchilarning tinchini buzib, ular orqali polietilen paketlarga 4 blokdan jami 12 blok “HEETS” elektron tamaki mahsulotlarini Ozarbayjon Respublikasiga yuborish bilan muntazam ravishda shug`ullanib kelayotgan va bu harakati bilan aviasiya xavfsizligining ichki tartiblarini buzib, ro`yxatga olish ishlari bilan shug`ullanuvchi aeroport ishchi xodimlarining e`tirozlariga sabab bo`layotganligi aniqlangan hamda 12 blok elektron tamaki mahsulotlari hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari jarayonida M.Z. kelgusida har bir “Toshkent-Boku” reysiga elektron tamaki mahsulotlarini jo`natish uchun sharoit yaratib berish, to`siqlarsiz aeroport hududiga kirish, unga nisbatan shu yil 6 sentyabr kuni to`plangan hujjatlar bo`yicha chora ko`rmaslik hamda olib qo`yilgan 12 blok tamaki mahsulotlarini qaytarib berish uchun 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida Toshkent shahri aeroportlarida XTB TEQKB xodimiga berishni, keyinchalik har oyda 200 AQSh dollardan berib kelishini ma`lum qilgan.
Shu yil 7 sentyabr kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, M.Z. Toshkent shahri aeroportlarida XTB TEQKB xodimiga xizmat xonasida 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida Toshkent Aviasiya transport prokuraturasi va IIV ShXBB Transportda XTBB xodimlari bilan hamkorlikda ushlangan.
Holat yuzasidan, M.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






