Ayni paytda AOKAda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri ishtirokida matbuot anjumani o`tkazilmoqda. Unda vazir talabalarni turar-joy bilan ta`minlash masalalari yuzasidan hisobot bermoqda. Bu haqda ayni paytda ushbu tadbirda ishtirok etayotgan Darakchi.uz' muxbiri xabar bermoqda.
Vazirning ta`kidlashicha, talabalarga ijara subsidiyasini berish shartnomasiz tarzda berilishi mumkin.
Qayd etilishicha, ayni paytda talabalar uchun ijara subsidiyasi berishning shartnomasiz varianti ustida ish olib borilyapti.
Toshqulovning ma`lum qilishicha, hozirda O`zbekistondagi Oliy ta`lim muassasalari yotoqxonasida 91 ming talabaga joy bor. 211 ming nafar talabaning esa turar-joy uchun ehtiyoji mavjud.






