"uybor.uz platformasida talabalar uchun alohida bo`lim paydo bo`ldi. Bunda uyini aynan talabalar uchun ijaraga qo`yishga rozi bo`lganlarning e`lonlari joylashtiriladi.
Tizim mahallalardagi yoshlar etakchilari orqali ishlaydi. Ya`ni mahalllasidagi ijara uylarni topish, egalari bilan gaplashish, talabalardan murojaatlarni qabul qilish va ijaraga joylashtirish jarayonida uy egasi hamda talaba o`rtasida ko`prik bo`lish yoshlar etakchilarining zimmasida bo`ladi.
Kecha Alisher Sa`dullaev Olmazor tumani, “Ziyo” va “Universitet” mahallalariga borib, tizim ishlashini o`rganib chiqqan, ijaraga uy topgan talabalar, ijara beruvchilar va mahallalardagi yoshlar etakchilari bilan gaplashgan.
Tizim orqali Toshkent shahri bo`yicha jami 720 nafar talabaga uy topishga yordam berildi (bu kechagi ma`lumot)", deya yozmoqda huquqshunos-bloger Xushnudbek Xudoyberdiev o`zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.
09.09.2022 06:05
Talabalarga ijara uchun uy qidirishda qo`shimcha imkoniyat yaratildi






