12 sentyabrdan boshlab "Uzbekistan Airways" Nukus-Mo`ynoq-Nukus yo`nalishidagi qatnovlarni joriy qilmoqda. Qayd etilishicha, jaryon Mo`ynoq va Nukus aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda yo`lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda tashkil qilinmoqda.
"Aviaqatnovlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, faqat 9 sentyabr kuni HY-012 Nukus – Toshkent yo`nalishida aviaqatnov Mo`ynoq aeroportiga qo`nib, yo`lovchilarni bortga qabul qiladi hamda quyida ko`rsatilgan jadval bo`yicha amalga oshiriladi",-deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, chiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.






